Дизайн без названия (28)
Balga tayyorgarlik

Bal – bu tantanali ijtimoiy voqea, shuning uchun unga tayyorgarlik juda muhimdir. Quyida diqqat qilish kerak bo‘lgan fikrlar keltirilgan

Обязательный дресс-код

Xonimlar uchun kiyinish uslubi

Xonimlarga uzun, etagi polga tegib turadigan oqshom libosida kelish tavsiya etiladi. Ko‘ylakning rangi uchun pastel ranglarni tanlagan yaxshiroqdir. Shuni yodda tutish kerakki, sizning kiyimingiz nafaqat chiroyli yurishingiz, balki chiroyli raqsga tushishingiz uchun mos bo‘lishi kerak. Soch va bo‘yanish uslubi sizning kechki ko‘rinishingizga mos kelishi kerak. Qulay poyabzallarni tanlang, raqs poyabzallari eng yaxshisidir, shundagina siz oqshomdan to‘liq bahramand bo‘lishingiz mumkin

Janoblar uchun kiyinish uslubi

Yigitlar qora rasmiy kostyum, oq ko‘ylak va qora klassik tuflilarda kelishlari kerak. Va eng muhimi, sizning kiyimingizni to‘g‘ri burchakli kapalaksimon bo‘yinbog‘ bezab turishi kerakligini unutmang

Aloqa uchun:
+998 93 414 48 38 — Leyla Azimova
+998 99 488 39 04 — Alinda Xusainova

Created by Legal Tech

uz_UZUZ